Jahon | 22:21 / 02.02.2017
3936
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Suriya masalasi bo‘yicha tezkor guruhning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: RIA

Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Ostonada 23-24 yanvarda erishilgan kelishuvlar asosida yaratilayotgan tezkor guruhning ilk yig‘ilishi Ostonada 6 fevralda bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qildi Rossiya mudofaa vazirligi. 

Ta'kidlanishicha, tezkor guruh ishida Rossiya, Turkiya, Eron va BMT mutaxassislari ishtirok etadilar.  

"Uchrashuvning maqsadi Suriyada o‘zaro qarama-qarshi tomonlar tomonidan jangovar harakatlarni to‘xtatish tartibi bajarilishini muhokama qilish, yarashuvning buzilishini nazorat qilish va oldini olish bo‘yicha choralar ishlab chiqish, Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasida o‘zaro ishonch darajasini oshirish, gumanitar ko‘mak masalalarini hal qilish hisoblanadi", deyildi xabarda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid