Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Iordaniya qiroli bilan uchrashdi
AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uydagi manbaga asoslanib Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Uchrashuvda Suriyada «xavfsizlik hududlari»ni tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqildi.
Ma'lum qilinishicha, Amerika ma'muriyati rahbari va Iordaniya monarxi Milliy ibodat nonushtasi doirasida qisqa uchrashuv o‘tkazgan. Donald Tramp Abdulla II ga AQShning Iordaniyada barqarorlik, xavfsizlik va iqtisodiy farovonlikni ta'minlash tarafdori ekanligini ma'lum qildi. U qirolga uning Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ilgari surishdagi roli uchun minnatdorlik bildirdi.
Tramp, shuningdek, Abdulla II ning IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashdagi muhim hissasini yuqori baholab, monarx bilan Suriyada xavfsiz hududlarni shakllantirish imkoniyatini muhokama qildi.
Suhbatning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025