Iqtisodiyot | 17:51 / 02.02.2017
7609
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Tojikistonda o‘z mahsulotlarini namoyish etadi

2017 yilning martida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari mahsulotlarining birinchi ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga ushbu ko‘rgazma bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi.

Tojikiston savdo-sanoat palatasi raisi Sharif Said O‘zbekiston delegatsiyasi bilan muzokaralar chog‘ida ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Tojikiston ishchi doiralari biznes-forumi o‘tkazishni taklif qildi. Bu talabni o‘rganish va qo‘shni mamlakat mahsuloti bilan tanishish hamda tojik bozorini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi.

Biznes forum davomida o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishiladi. Ular tojik-o‘zbek munosabatlarini yangi darajaga olib chiqishga, ishbilarmonlar o‘rtasidagi muloqotning kengayishi va ikki mamlakat savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlari oshishiga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga tashrif davomida ko‘rgazma o‘tkaziladigan joyni tanlash maqsadida bir necha obektlarga borgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid