Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik olimlar Antarktidaga temir meteoritlar izlagani yo‘l olishadi
2020 yilda Buyuk britaniyalik mutaxassislar jamoasi Antarktidaga temir meteoritlar izlagani jo‘nashadi. Olimlarning fikricha, bunday topilmalar sayyoralarning shakllanishi haqida ko‘proq bilishga yordam beradi. Olimlar o‘z rejalari haqida Nature jurnalidagi maqolada so‘zlab berishgan.
Temir meteoritlar barbod bo‘lgan kichik sayyoralar yadrolaridan shakllanadi. Olimlarning fikricha, ular Antarktida hududiga qulash vaqtida quyoshdan qizib, muzlarni eritib, ular qa'rida qolib ketgan. Ekspeditsiya a'zolari meteoritlarni muzlar ichida izlash uchun metalldetektorlardan foydalanadilar. "Muvaffaqiyat qozonilsa, bizning ekspeditsiyalar olimlarga Quyosh tizimi shakllanishi manbalarini aniqlash va Buyuk Britaniyani meteoritlar va sayyoralarni o‘rganish sohasidagi yetakchi sifatida tasdiqlashga yordam beradi", deb ta'kidlab o‘tganlar tadqiqot mualliflari.
Ekspeditsiyaga Manchester universiteti vakillari boshchilik qilishadi. Aynan shu yerda temir meteoritlarni muz qatlami ostida topish mumkinligi g‘oyasi bildirilgan. Gap shundaki, Antarktida hududida dunyoning qolgan qismlaridan ko‘ra ancha kamroq temir meteoritlar aniqlangan, uning muzlarida aniqlangan nometall meteoritlar ulushi umumiy miqdordan 66 foizni tashkil qiladi va shu sababli olimlar temir meteoritlar muz qa'riga chuqur singib ketgan, degan fikrga kelishgan.
Mavzuga oid
07:31 / 14.03.2026
Antarktidadagi sirli ko‘lni sun’iy yo‘ldoshlar tasvirga oldi
21:32 / 06.01.2026
«Qiyomat kuni» muzligining harakati tezlashgani qayd etildi
07:51 / 25.09.2025
Antarktida muzlari ostida avval noma’lum bo‘lgan 85 ta «faol» ko‘l topildi
20:10 / 23.03.2025