Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:56 / 03.02.2017
7505
1 daqiqa o‘qiladi
Eron TIV rahbari: “Eron AQSh tahdidlaridan xavotirda emas”
Eron tashqi ishlar vazirligi rahbari Muhammad Javod Zarif Tehron AQSh tahdidlaridan xavotirda emasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
“Eron tahdidlardan xavotirda emas... Biz hech qachon urush boshlamaymiz, biroq himoya jihatidan faqatgina o‘zimizga tayanishimiz mumkin”, - deb yozdi Zarif Tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron raketa sinovlariga harbiy javob berilishi mumkinligini aytgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish