Jahon | 15:10 / 03.02.2017
3880
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarusni imtiyozlilar mamlakati deb atadi

Belarus respublikasi Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lsa, mamlakatdagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga berilgan barcha imtiyozlarni bekor qilishga to‘g‘ri keladi. Respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko shunday bayonot berdi.

Hozirda, Belarus JSTga a'zo bo‘lishga doir muzokaralar jarayonini olib borayapti. 

"Hamma JSTga kirishni xohlaydi. Bilasizmi, JSTda imtiyozlilarga qanday munosabatda bo‘lishadi? … Ertaga natija beradigan narsalarga imtiyozlar taqdim etamiz… Biz shundog‘am imtiyozlilar mamlakatimiz. Bundan ortiq yo‘l yo‘q", — degan Lukashenko Minskda jurnalistlarga.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid