Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Singapur bilan hududiy bahsni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda
Malayziya BMTning Gaagadagi Xalqaro sudiga Singapur bilan bahsli orol bo‘yicha 2008 yilda qabul qilingan qarorni qayta ko‘rib chiqish talabi bilan appelyatsiya berdi. Bu haqda Malayziya bosh prokurori Muhammad Afandi Ali bayonotida aytilgan.
Bunga "avval sudga ham, Malayziyaga ham noma'lum bo‘lgan yangi tafsilotlarning oshkor bo‘lishi" sabab bo‘ldi. "Aniqlangan dalillar muhimdir va sud tomonidan hisobga olinishi kerak", deb qo‘shimcha qildi bosh prokuror. U gap aynan qanday tafsilotlar haqida ketayotganini aniqlashtirmagan.
Singapur va Malayziya o‘rtasida mitti qoyali Pedra-Branka (Batu-Putek) oroliga egalik qilish bo‘yicha hududiy bahs 30 yil davomida olib borilgan. Bu hududning 1827 yildan beri Malayziyaga tegishli ekaniga tarixiy omillar mavjudligiga qaramasdan, Xalqaro sud Singapurga yon bosgan.
Pedra-Branka oroli Hind okeanidan Singapur bo‘g‘oziga strategik muhim sharqiy kirishda, Malayziya sohillaridan 15 km uzoqlikda joylashgan.
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026