Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax va Samarqandda yer qimirladi
“Toshkent” markaziy seysmostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yil 2 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:35 da Jizzax shahrida 2 ball, Samarqand shahrida 2 balli yer silkinishi qayd qilindi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 204 km g‘arbiy yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hududida joylashgan bo‘lib, magnitudasi M=4.2 ni tashkil etgan. Koordinatalari: 40.59N 67.07E.
Sodir bo‘lgan yer silkinishi natijasida ijtimoiy obektlar va aholi turar-joy binolariga talofat yetganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026