Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» safarda «Lester»ni yengdi va mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi
Angliya chempionatining 24-turida «Lester Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. «King Pauer» stadionida kechgan uchrashuvda Angliyaning amaldagi chempionlari 0:3 hisobida yengildi.
Manchesterliklar jamoasi gollariga Genrix Mxitaryan, Zlatan Ibrahimovich va Xuan Mata mualliflik qildi.
Shu tariqa, «MYu» APLdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 15 uchrashuvga yetkazdi, «Lester» esa qatorasiga to‘rtinchi marta mag‘lubiyatga uchradi.
Endilikda «Manchester Yunayted» 45 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida oltinchi o‘rinda. Jamoa ushbu uchrashuvdan oldin ham oltinchi pog‘onada edi. «Lester» esa 21 ochkosi bilan 16-pog‘onada qolmoqda.
Lester – Manchester Yunayted 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 42 Mxitaryan, 0:2 – 44 Ibrahimovich, 0:3 – 49 Mata.
Lester – Shmeyxel, Hut, Fuks, Simpson, Morgan, Drinkuoter, Ndidi, Marez, Musa (King, 46), Vardi, Okadzaki (Grey, 46).
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Bayi, Roxo (Blind, 46), Valensiya, Mxitaryan, Pogba, Errera, Mata (Fellayni, 77), Reshford (Yang, 83), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Drinkuoter (5), Mata (28), Fuks (40), Errera (55), Pogba (56), De Xea (88).
Mavzuga oid
21:25 / 05.01.2026
Amorimning kutilmagan iste’fosi. «MYu» rahbariyatining qarori qanchalik to‘g‘ri?
15:42 / 05.01.2026
«MYu» Ruben Amorimni ishdan bo‘shatdi
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
11:25 / 16.12.2025