Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda ko‘chki tufayli 14 kishi halok bo‘ldi
Kamida 14 kishi, jumladan bolalar Pokistonning Chitral okrugi hududida tog‘ ko‘chkisi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslangan holda DAWN nashri xabar tarqatdi.
Qidiruv-qutqaruv guruhi rahbari Nizomiddin Shohning aytishicha, qor ostidan 14 kishining jasadi chiqarib olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 5ta uy qor ostida qolib, butunlay vayron bo‘lgan, yana 25 uy zararlangan. Hodisa oqibatida jarohatlangan 9 kishi shifoxonaga olib ketilgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi o‘tkazish punktida ro‘y bergan boshqa bir ko‘chki oqibatida 7 nafar chegarachi jarohatlangan.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026