Saakashvili Ukrainaga yuqori baho berib yubordi
Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina "Yevropaning buyuk davlati" bo‘lishi kerak deb aytdi va Yevropa Ittifoqi usiz yashay olmasligini ta'kidlab o‘tdi. U bu haqda "Radio Vesti"ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ukraina Yevropaning buyuk davlati bo‘lishga mahkum. Hozir biz "biz undaymiz-bundaymiz, bizga xiyonat qilishmaydimi?" deb aytmoqdamiz. Ukrainaning bir necha avvalgi hukumati, afsuski, Ukrainani xalqaro siyosat sub'yektidek emas, obektidek ko‘rsatgan. Ukrainalik askarlar hattoki shu kunlar ham dunyoga ular Yevropani Yevropadagi eng tajovuzkor armiyadan qutqarishganini namoyish qilishdi va uni qutqarishda davom etishmoqda, shuning uchun butun Yevropa ukrainaliklar oldida qarzdor", deb aytgan Saakashvili.
Uning aytishicha, Ukraina Yevropa Ittifoqidan so‘rashi kerak emas, balki unga nima qilish kerakligini uqdirishi kerak.
"Ukraina hozirda nafaqat "Bizni tashlab ketmang, iltimos" deb so‘rash, iltijo qilish huquqiga ega, balki aksincha, ularga "Siz buni, buni qilishingiz kerak" deb aytishga haqli, chunki Yevropa Ittifoqi va umuman Yevropa Ukrainasiz yashay olmaydi. Yevropaning Ukrainasiz kelajagi yo‘q. Ukraina iqtisodiy salohiyati bo‘yicha qudratli Yevropa davlatidir", deb ta'kidlab o‘tdi siyosatchi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024