Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinib 750 kishi qo‘lga olindi
Turkiya ichki ishlar vazirligi 5 fevralda o‘tkazilgan terrorchilikka qarshi amaliyot davomida mamlakatning 29 viloyatida 748 nafar kishini qo‘lga oldi. Ular IShID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
"Terrorchilikka qarshi amaliyot 5 fevral kuni mamlakatning 29 viloyatida o‘tkazildi. Uning davomida 748 kishi qo‘lga olindi. Bundan tashqari, hafta davomida IShIDga qarshi tadbirlarda 72 nafar kishi qo‘lga olindi. Shu tariqa, qo‘lga olinganlarning umumiy soni 820 nafar insonni tashkil etmoqda. 12 nafar terrorchi yo‘q qilindi", - deyiladi mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotida.
Kuni kecha turk nashrlari Shanliurfa, Adana, Konya, Chorum, Elyozig, Bursa va boshqa viloyatlarda IShIDning 400 nafardan ziyod tarafdori qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqatgandi. Anqarada 60 kishi hibsga olindi, ularning aksariyati – xorijliklar.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026