Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada yashil yungli kuchuk tug‘ildi
Buyuk Britaniyada labrador-retriverda yashil yungli kuchuk tug‘ildi, deb xabar berdi Daily Mail.
Noodatiy jonivor egalarining so‘ziga ko‘ra, it juda ham ko‘k rangda tug‘ilgan. Ular avvaliga jonivor qora rangli deb o‘ylashdi, biroq keyinchalik yungning rangi yashil ekanini payqashgan.
"Biz hayratga tushdik va "yashil itlar bo‘lmaydi" deb bir-birimiz bilan bahslashdik", - deya aytib o‘tdi jonivor egasi Elani Kuper. Itning onasi jigar rangda.
Daily Mail’ning yozishicha, g‘ayritabiiy rang it yo‘ldoshida biliverdin moddasining ko‘pligi bilan bog‘liq. U gemoglobin parchalanishidagi oraliq modda hisoblanadi. Xabarlarga ko‘ra, yashil rang bir necha haftadan so‘ng yuvilib ketadi.
Kuchukni "Shrek" multfilmidagi qahramon sharafiga Fifi deb atashdi. Egalari uni sotib yuborishni mo‘ljallamoqda.


Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026