Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Masjidga o‘t qo‘ygan amerikalik 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi
AQShning Florida shtatida yashovchi Jozef Shrayber orlandolik qotil Omar Matin qatnagan masjidga o‘t qo‘ygani uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Matin o‘tgan yil iyunida Pulse tungi klubida 49 kishini o‘ldirgan edi. Bu haqda sud vakillariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Shrayber masjidga 11 sentabrda o‘t qo‘ygan. U tomonidan yetkazilgan zarar 100 ming dollarga baholangan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Shrayber yong‘in Matin masjidga tashrif buyurgani bilan bog‘liq emasligini aytgan.
12 iyunga o‘tar kechasi Orlandodagi tungi klubda sodir etilgan otishmada 49 kishi halok bo‘lgan va 53 kishi yaralangan. Hujumni sodir etgan afg‘on millatiga mansub Omar Matin politsiya tomonidan bartaraf etilgan. Ushbu hujum AQSh tarixida bunday ko‘p sondagi qurbonlarga olib kelgan jinoyatlardan eng yirigi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:30
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
10:00
AQSh Karib dengizida yettinchi tankerni ushladi
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026