Jahon | 09:48 / 08.02.2017
4063
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada kichik samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Argentinaning Buenos-Ayres viloyatidagi Markos Pas shahri yaqinida kichik samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

O‘t o‘chiruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, bir motorli Cessna 201 samolyoti halokatga uchragan. Uning bortida 3 nafar katta yoshli va 2 nafar balog‘atga yetmagan odamlar bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.  

Ta'kidlanishicha, samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq qulagan. Ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid