Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva havo hujumidan himoya bo‘limi yuqori harbiy tayyorgarlikka keltirildi
Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Moskvadagi havo hujumidan himoya bo‘linmasi favqulodda tekshirish doirasida yuqori harbiy shaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.
Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, tahdid ishorasi bilan «S-300», «S-400» va «Pantsir-S» divizionlari shay holatga keltirilgan. Ular zaxira o‘rinlariga hamda jangovar texnikalarni temir yo‘l platformalariga yuklash joylariga borishgan.
Harbiy bo‘linmalar belgilangan hududlarga kelgach, texnikalarni tiklashadi va harbiy navbatchilikda turishadi.
Bu amaliy mashg‘ulotlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Havo-kosmik kuchlari harbiy tayyorgarligi bo‘yicha favqulodda tekshiruvni e'lon qilishi doirasida o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
09:58 / 09.07.2026