Jahon | 21:37 / 08.02.2017
5843
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh sudlarini siyosiylashuvda aybladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining mamlakatga kirishni taqiqlovchi farmonini himoya qildi, zero uning so‘zlariga ko‘ra, bu millat himoyasi uchun zarur. Shuningdek u sudlarni siyosiylashuvda aybladi. Bu haqida  C-SPAN xabar berdi

"Men sudlarni hatto tarafkash demoqchi emasman, bunday demayman ham. Biz hozircha qaror qabul qilmadik. Biroq aftidan, sudlar juda siyosiylashgan. Bizning sud tizimimiz arizani o‘qib, biror nimani to‘g‘ri qila olganida edi. Shu jumladan, mamlakat xavfsizligi masalasida ham", - dedi u.

Tramp o‘z chiqishida prezident shart deb hisoblagan vaqtda boshqa mamlakatlar fuqarolariga Amerikaga kirishni taqiqlash huquqiga ega ekanligini aytgan. Shuningdek qonun unga vaqtinchalik taqiqlov kiritishga imkon berishini ta'kidlagan.

Bundan avval berilgan xabarlarga ko‘ra, Ilon Maskning Tesla va SpaceX kompaniyalari ham Trampning migratsion farmoniga qarshi chiqayotgan 97 texnologiya gigantidan iborat guruhga qo‘shilgan.

Tramp suriyalik qochqinlarning mamlakatga kirishini taqiqlovchi farmonni imzoladi, qochqinlarni joylashtirish dasturini to‘rt oyga to‘xtatib qo‘ydi. Shuningdek yetti musulmon davlat - Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviya mamlakatlari fuqarolariga 90 kunlik muddatga taqiqlov kiritdi.

Keyinroq federal sudya AQSh prezidentining ko‘rsatmalarini bekor qildi. AQSh Adliya vazirligi sudyaning qaroriga javoban appelyatsiya berdi. Appelyatsion sud hozircha yakuniy qaror chiqarmadi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid