Jahon | 22:10 / 09.02.2017
9038
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Makkeynning bayonoti faqat dushmanni rag‘batlantiradi

AQSh prezidenti o‘z tvitterida senator Jon Makkeynni qoraladi va uni «dushmanni rag‘batlantirish»da aybladi.

«Senator Makkeyn OAV bilan missiyaning muvaffaqiyati yoki omadsizligi haqida gaplashmasligi kerak. U bu orqali faqatgina dushmanlarni rag‘batlantirishi mumkin! U shunchalik chuqur mag‘lubiyatga uchraganki, qanday g‘alaba qilishni unutgan. Mamlakatimizdagi ahvolga qarang, hammayoqda tartibsizlik, hammayoqda ziddiyatlar!» — deya yozgan prezident.

U shuningdek AQShni «aqlliroq bo‘lish va yana g‘alabalarni boshlash»ga chaqirgan.

Bundan oldinroq, Makkeyn Rossiyaga nisbatan sanksiyaning bekor qilinishiga qarshi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagani ma'lum bo‘lgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid