AQSh qit'alararo ballistik raketa uchirdi
AQSh Minuteman III qit'alararo ballistik raketasining yangi parvozini amalga oshirdi. Marshall orollaridagi poligon tomon uchirilgan raketa 6,8 ming km ga yaqin yo‘l bosib o‘tgan, deb ma'lum qildi AQSh harbiy-havo kuchlarining global zarba qo‘mondonligi.
Raketa 8 fevralda mahalliy vaqt bilan yarim tunda Vandenberg bazasidan uchirilgan. U Tinch okeanining janubiy qismidagi poligonga otilgan. "Sinov parvozlari xavfsiz va samarali yadroviy himoyaning mavjudligini ta'minlash uchun qurilmaning aniqligi va ishonchligini tekshirishga hamda qimmatli ma'lumotlar olishga imkon beradi", deyilgan xabarda.
Raketa bir kun avval uchirilishi kerak bo‘lgan, biroq bunga Pentagon pudratchilarining maoshlari borasida chiqqan nizo xalaqit qilgan.
Minuteman III ballistik raketasi AQSh qurollanishida 1970 yildan beri turadi va muntazam ravishda takomillashtirib turiladi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024