O‘zbekiston | 15:21 / 10.02.2017
113402
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar tizimidagi 3 nafar yuqori martabali polkovnik ishdan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik

Yig‘ilishda o‘z ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Dilshod Bobojonov va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Aziz Boboxo‘jayev egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi hamda ishdan olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Biroz avvalroq IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ramziddin G‘afforov ishdan ketgani haqida xabar bergandik.

Ularning o‘rniga kim tayinlangani hozircha noma'lum.

Mavzuga oid