Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni içki işlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamçiliklar, istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Unda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar, Toşkent şahri, şaharlar va tumanlar hokimlari iştirok etdi. 

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev istiqlolning dastlabki yillaridan yurtimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, jamoat tartibini saqlaş vazifalariga ustuvor ahamiyat berilayotganini alohida ta'kidladi. Bu profilaktika, tezkor-qidiruv, tergov, yöl harakati xavfsizligi, yonğin xavfsizligi, qöriqlaş, patrul-post xizmatlari, alohida vazifalarni bajaruvçi safarbarlik otryadlari qayta taşkil etilganida, içki işlar organlarining moddiy-texnik bazasi muntazam mustahkamlab borilayotganida namoyon bölmoqda. 

Davlatimiz rahbari keyingi vaqtlarda huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qiliş, jamoatçilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş borasidagi işlar yangi bosqiçga kötarilganini qayd etdi.

Prezidentimiz bugun içki işlar organlari zamon talablariga neçoğli javob bera olayotganiga e'tibor qaratdi. Inson manfaatlari bilan boğliq masalalarni keçiktirmasdan hal qiliş lozim bölgan bugungi kunda eskiça fikrlaş, işni eski “qolip”lar asosida taşkil qiliş, öz burçini elga xizmat tamoyiliga asoslanib emas, balki şaxsiy manfaatlardan kelib çiqqan holda bajariş kabi amaliyotlar davom etmoqda. 

Içki işlar organlari şunday işlaşi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bölsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e'tiroziga sabab bölmoqda. Ayniqsa mol-mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga töliq çek qöyilmagan. Qasddan tan jarohati yetkaziş, firibgarlik, yöl-transport hodisalari kamaymagan. 

Şavkat Mirziyoyev jinoyatlarni oçiş borasida ham qator kamçiliklar mavjudligini ta'kidladi. Xususan, öğirlik va firibgarlik bilan boğliq jinoyatlarning har beştadan bittasi foş etilmagan. 

Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uçramoqda, ayrim joylarda huquqni muhofaza qiliş idoralari örtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat şaxslarning qölga olinmayotgani ularga jinoiy qilmişlarini davom ettirişga imkon beradi va bu ğoyat taşvişli holdir.