Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining iqtisodiy xavfsizlik xizmatining “K” boşqarmasi bank bölimi polkovniklari Kirill Çerkalin va Dmitriy Frolov hamda ularning qöl ostidagi Andrey Vasilevning tintuv qilinişi natijalari videolavhalari ReN TV telekanali tomonidan e'lon qilindi.
Videoda ulardan musodara qilingan pullar bilan liq töla 10 tadan köproq sumka va paketlar tasvirlangan. Video oxirida 100 dollarlik kupyuralar paçkalari solingan qutini köriş mumkin.
Uşbu videoni e'lon qilgan yana bir axborot agentligi – “Rosbalt” bu pullarning barçasi birgina Çerkalindan olinganini ma'lum qilgan. Musodara qilingan summa rekord summa bölib, Rossiya içki işlar vazirligining korrupsiyaga qarşi boşqarmasi polkovnigi Dmitriy Zaxarçenkodan olingan puldan (8,5 mlrd rubl) köproqni taşkil qiladi.
Frolov, Çerkalin va Vasilev aprel oxirida qölga olingan. Çerkalinga pora beruvçi şaxs va tijoriy tuzilmalar foydasiga “harakatlar sodir etiş yoki sodir etmaslik” uçun 850 ming dollar pora oliş ayblovi qöyilgan. Frolov va Vasilev firibgarlikda ayblanmoqdalar. Tergov ma'lumotlariga köra, ular 2011 yilda tadbirkor Sergey Glyadelkinga jinoiy javobgarlikka tortiş bilan pöpisa qilib, undan 490 mln rubl olişgan.
Frolov va Vasilevning işini tergov qömitasi boş tergov boşqarmasi olib bormoqda, Çerkalinning işi bilan harbiy tergovçilar şuğullanmoqda.













