O‘zbekiston | 14:43 / 10.02.2017
35552
1 daqiqa o‘qiladi

IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik

Yig‘ilishda o‘z ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ramziddin G‘afforov egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi. 

IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib kim tayinlangani hozircha noma'lum.

Mavzuga oid