OAV: Tramp Putin bilan suhbatda SHQ-3ni tanqid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan tuzilgan Strategik hujum qurollari (SHQ)ni qisqartirish shartnomasini tanqid qilgan. Amerikaning o‘z nomini oshkor qilmagan ikki mulozimining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp RF prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali o‘tkazgan ilk suhbatida bu bitimni AQSh uchun muvaffaqiyatsiz kelishuv deb atagan. Bu haqda “Reyter” agentligi xabar qilmoqda.
Telefon suhbati tafsilotlaridan xabardor ikki mulozim va bir sobiq mulozimning ta'kidlashicha, Rossiya yetakchisi SHQ mavzusi haqida so‘z ochgan, shundan so‘ng, Tramp biroz tin olgan va maslahatchilaridan bu qanaqa bitim ekanini so‘ragan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Putinga bu shartnoma AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyatining muvaffaqiyatsiz bitimlaridan biri ekanini aytgan. Chunki, Trampning fikricha, shartnoma Rossiya foydasiga imzolangan.
Oq uy ma'muriyati hozircha, ushbu xabarga izoh berganicha yo‘q.
Umuman, 28 yanvar kungi ikki davlat rahbarlarining suhbatida SHQ mavzusi muhokama qilinganini Kreml hamda Oq uy ma'muriyatlari rasman e'lon qilmagan edi.
2010 yili Rossiya va AQSh Strategik hujum qurollari (SHQ)ni qisqartirish bo‘yicha shartnomani imzolagan edi. 2011 yilda kuchga kirgan bitim jangovar safda turgan strategik tashuvchi qurollarni ikki tomonda 700 birlikkacha kamaytirish va ularda 1550 yadro kallagini saqlashni ko‘zda tutadi.
Keyinroq, AQSh prezidenti Barak Obama ikki mamlakat qurollarini yanada qisqartirish taklifini ilgari surdi, biroq Moskva AQShning RQM tizimini rivojlantirayotgani hamda boshqa hal qilinmagan masalalarni ro‘kach qilgan holda buni rad etdi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024