Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda fanga ma'lum bo‘lmagan suv mahluqi topildi
Yaqinda floridalik bir baliqchi Stiv Bargeron baliq ovlash vaqtida qarmog‘iga baliq o‘rniga uzunligi yarim metrdan kattaroq keladigan notanish suv mahluqini ilintirgan.
Stiv bu jonzotni yovvoyi tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislarga ko‘rsatgan. Olimlar bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, bu jonzotning turini aniqlay olishmagan. Biroq ba'zi mutaxassislar bu g‘ayrioddiy jonzotni beshiktebratar qisqichbaqalarning bir ko‘rinishi deb taxmin qilmoqdalar. Biroq shunga qaramay, bu yerda tavofut bor, chunki bu turdagi jonzotlarning uzunligi 30 sm dan oshmaydi, Stiv tutib olgan jonzotning uzunligi esa 50 sm dan kattaroq. Shuning uchun ham uni noyob deb hisoblash mumkin.
Beshiktebratar qisqichbaqalar eng yirik umurtqasiz yirtqichlar hisoblanib, ularning asosiy quroli kuchli tirnoqlari hisoblanadi. U tirnoqlari bilan akvariumdagi oynani teshib yubora oladi. Fanga 4 mingga yaqin bunday qisqichbaqalar turi ma'lum va ular bir-birlaridan faqat ranglari bilan farq qiladi. Bu tur vakillari juda yaxshi xotiraga ega va o‘z "tanishlarini" hididan taniy oladilar.
Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50 / 08.06.2026