Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Pastdarg‘om tumani hokimi bo‘ldi
9 fevral kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi H.Oqbo‘tayev ma'ruza qildi, deb xabar bermoqda “Zarafshon” nashri.
Viloyat hokimi qo‘lga kiritilgan natijalarni e'tirof etish bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmaganiga e'tibor qaratdi.
Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yer va kredit ajratishda sansalorlikka yo‘l qo‘yilgan. Xususiylashtirilgan binolardan foydalanish, to‘qimachilik, charm mahsulotlari ishlab chiqarish, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish borasida yechimini kutayotgan muammolar to‘planib qolgan. Kommunal sohadagi muammolar tufayli debitor qarzdorlik yil sayin oshib bormoqda.
Tumanda ijtimoiy sohada ham qator kamchiliklar mavjudligi qayd etilib, bu aholi turmush tarzi, joylardagi ijtimoiy ma'naviy muhitga salbiy ta'sir etayotgani ta'kidlandi. Buning oqibatida ayrim huquqbuzarlik va jinoyat turlari ko‘paygan, fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ariza, shikoyatlari soni avvalgi yillarga nisbatan oshgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Vohid Rahimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullayevich Pastdarg‘om tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Mavzuga oid
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
09:54 / 12.12.2024