Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov tez orada AQSh davlat kotibi bilan uchrashadi
Rossiya AQShning yangi prezidenti Donald Trampning ma'muriyati bilan muloqotga kirishdi. Uning tashqi siyosat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlari to‘liq takomillashganidan keyin muloqot intensivligi yanada oshadi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov NTV telekanaliga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.
"Biz har qanday mamlakat pozitsiyasini hurmat qilamiz va doimo barcha yondashuvlarni muhokama qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, bizning Donald Tramp ma'muriyati bilan muloqotimiz davom etadi, ma'muriyatning tashqi siyosiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlari to‘liq shakllangach, munosabatlar yanada intensivlashadi", - dedi RF TIV rahbari.
Lavrovning ta'kidlashicha, uning AQSh davlat departamentining yangi rahbari Reks Tillerson bilan uchrashish joyi va vaqti muvofiqlashtirilmoqda.
AQSh kongress senati 1 fevral kuni davlat kotibi lavozimiga Reks Tillerson nomzodini tasdiqladi. 64 yoshli Tillerson bundan avval ExxonMobil energetika kompaniyasini boshqargan.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
08:45 / 24.06.2026