Jahon | 18:27 / 13.02.2017
24715
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yorilishi mumkin bo‘lgan eng katta to‘g‘on videokadrlari

Kaliforniyaning KCRA yangiliklar kanali AQShdagi eng baland to‘g‘onning vertolyotdan tushirilgan tasvirlarini taqdim etdi. U yaqin vaqt ichida qulashi mumkin.

Orovill ko‘lida joylashgan to‘g‘on yomg‘irlar tufayli asosiy va qo‘shimcha suv tashlash tizimining yemirilishga yaqin turibdi. Agarda falokat ro‘y bersa, yaqin orada joylashgan shaharlar suv ostida qoladi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hukumat to‘g‘onning qulashi xavfi tufayli taxminan sakkizta aholi punktida yashovchi 190 ming kishini darhol xavfsiz joyga ko‘chirish haqida e'lon qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid