Jahon | 08:31 / 13.02.2017
4093
1 daqiqa o‘qiladi

Bahrayn va Turkiya harbiy sohada hamkorlik qiladi

Foto: © Sputnik

Bahrayn va Turkiya hukumati harbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish haqida memorandum imzolashdi. Bu haqda Bahraynning BNA yangiliklar agentligi xabar berdi.

Ushbu hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Bahraynga tashrifi davomida imzolandi. Turkiya yetakchisi ushbu davlatga yakshanba kuni kechqurun keldi. Memorandumda aynan nimalar haqida so‘z yuritilgani oydinlashtirilmagan.

Bahrayn qiroli Erdo‘g‘anga “musulmonlar jamiyatiga xizmat qilish va gumanitar qadriyatlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan harakatlari uchun” qirollikning oliy davlat mukofoti – shayx Iso bin Salmon Al Halifa ordenini topshirdi.

Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, Manama va Anqara “mintaqadagi barqarorlik, undagi xavfsizlik uchun hamkorlikda harakat qilishadi”.

Erdo‘g‘an dushanba kuni Fors ko‘rfazi mamlakatlari bo‘ylab turnesi doirasida Saudiya Arabistoniga tashrif bilan keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid