Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi to‘g‘ondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya uzatilmoqda
YouTube'da AQShdagi eng katta to‘g‘ondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiya yo‘lga qo‘yildi. To‘g‘on Orovill shahri yaqinida joylashgan. FOX40 shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shtat gubernatori Jyerri Braun uch okrug - Satter, Byutt va Yuba okruglarida favqulodda vaziyat rejimini e'lon qilgan. "Men dam olish kunlari davomida Orovilldagi vaziyatni kuzatgan favqulodda-qutqaruv xizmatlar vakillari bilan uzviy aloqada bo‘ldim. Aytish joizki, vaziyat muntazam ravishda o‘zgarmoqda va murakkablashmoqda", - deya ta'kidladi amaldor.
Bundan avval deyarli 200 ming kishining evakautsiyasi haqida xabar berilgan edi.
11 fevral kuni kuchli yomg‘irlardan keyin suv to‘g‘onning avval zaxira, keyin asosiy havzasidan tosha boshladi. Shundan so‘ng eroziya tufayli to‘g‘onga ziyon yetgani ma'lum bo‘ldi. Orovill ko‘lidagi suv sathi sezilarli darajada ko‘tarildi. Hukumat to‘g‘onning ziyon yetgan qismi qulab, suv oqimining nazoratdan chiqishidan xavfsiramoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
12:54 / 14.05.2026
“Hayvondan yuqadi, tashqi muhitga chidamsiz” - hantavirus O‘zbekistonga qanchalik xavf soladi?
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
13:07 / 24.01.2026