Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: "Prezident saylovlarida firibgarliklar bo‘lgani haqida dalillar bor"
foto : REUTERS
Oq uy AQShdagi prezidentlik saylovlarida yuz bergan firibgarliklar bo‘yicha juda ham katta hajmdagi dalil-isbotlarni taqdim etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Stiven Miller yakshanba kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Oq uy saylovlar davomida kuzatilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha juda ham katta miqdordagi dalil-isbotlarni taqdim etdi. Gap bir necha shtatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxslar, ovoz berilishi uchun qayd etilgan olamdan o‘tgan kishilar haqida bormoqda", - deya ta'kidlab o‘tdi Miller.
"Siz bu mamlakatda ovoz berish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan aslida davlat fuqarolari bo‘lmagan juda ko‘p miqdorda shaxslar borligini rad eta olmaysiz", - deya ma'lum qildi prezident maslahatchisi teledastur boshlovchisiga murojaat qilarkan.
Tramp saylovlardagi qoidabuzarliklar va ma'lumotlarni soxtalashtirish bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazishi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, turli noqonuniy yo‘llar bilan millionlab ovozlar sobiq raqibi Hillari Klinton foydasiga hisoblangan.
Prezidentning ma'lum qilishicha, bu firibgarliklarni surishtiruvdan o‘tkazish maqsadida vitse-prezident Maykl Pens boshchiligida komissiya tashkil etiladi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026