Jahon | 09:12 / 13.02.2017
7973
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Venesueladagi vaziyatdan tashvishda

Foto: RIA

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesueladagi vaziyatdan tashvishda ekanini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti Oq uy bayonotiga asosan xabar berdi.

«Prezident Tramp Venesueladagi vaziyat, xususan gumanitar ahvoldan tashvishda ekanini bildirdi», - deyiladi Oq uy xabarida.

Bu haqda AQSh rahbari Peru prezidenti Pedro Kuchinski bilan muloqotda aytib o‘tgan.

Yetakchilar ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishib, uchrashuv haqida kelishib olishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid