KXDRdagilar Kim Chen Inning akasi o‘limi haqida hech narsa bilmaydi
KXDRda OAV Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘limi haqida sukut saqlamoqda.
14 fevral kuni Malayziyada, Kuala-Lumpur aeroportida 2 ayol KXDR rahbarining o‘gay akasiga hujum qilgani va bu hujum vaqtida zaharli ignadan jarohatlangan Kim Chen Nam shifoxona yo‘lida halok bo‘lgani haqida xabar tarqatildi.
Mahalliy politsiya bu qotillik shimoliy koreyalik agentlar tomonidan sodir etilgani haqida ma'lum qildi. Malayziya hukumati bu hujum oqibatida KXDR rahbarining akasi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Ayni vaqtda Pxenyanda va KXDRning barcha hududlarida 16 fevral kungi Milliy bayram - mamlakatning sobiq rahbari Kim Chen Irning tug‘ilgan kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Kim Chen Inning ancha vaqtdan buyon xorijda yashab kelgan akasi haqida shimol koreyslari deyarli hech narsa bilishmaydi. Malayziya poytaxtida uni o‘ldirgan ayollar voqea joyidan yashirinishgan. Ayni vaqtda mahalliy politsiya qotillikni tekshirmoqda.
1971 yilning 10 mayida tug‘ilgan Kim Chon Nam KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Irning nikohsiz tug‘ilgan katta o‘g‘li edi. Uning onasi aktrisa Son Xe Rim. U davlat rahbari merosxo‘ri sifatida qaralmagan, ammo u ma'lum vaqt hukumatda yuqori lavozimni egallab turgan. 2001 yilda u Yaponiyaga Dominikanning soxta pasporti orqali kirishga harakat qilganida qo‘lga olingan va bundan ikki davlat munosabatlarida taranglik yuzaga kelgan, oqibatda u otasining g‘azabiga uchragan va mamlakatdan chiqib ketgan. Shundan keyin u Makao, Singapur va Malayziyada yashab kelgan.
Kim Chen Inning onasi esa boshqa bir raqqos va aktrisa Ko Yon Hi hisoblanadi.
Ba'zi manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, 2011 yilda Makaoda Kim Chen Namning hayotiga KXDR maxsus xizmatlari tomonidan tashkillashtirilgan suiqasd uyushtirilgan ammo u omon qolgandi.
Mavzuga oid
10:00
Osiyo OAV: KXDRdan qochgan 200 kishi Ukrainaga yordam berishga tayyor
09:00
Pentagon: KXDRning oz sonli askarlari - RFning Kursk oblastida
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
18:49 / 29.10.2024