Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Urganch-Xiva” temir yo‘l liniyasining qurilishi boshlandi
O‘zbekistonda “Urganch-Xiva” temir yo‘l liniyasining qurilishi boshlandi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimiyati xabar berdi.
Viloyat ma'muriyati ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28 yanvar kunlari viloyatga tashrifi davomida loyihani amalga oshirish haqida topshiriq bergan.
Prezident tashrif davomida Urganchdan Xivaga temir yo‘l liniyasini o‘tkazish hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurish, shuningdek, elektropoyezdlar harakatini, kelajakda esa Afrosiyob tezyurar poyezdi harakatini yo‘lga qo‘yish lozimligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Temir yo‘l liniyasini ishga tushirish mintaqadagi yo‘lovchi va yuk tashishlar salohiyatini oshiradi, deb ta'kidlashgan hokimiyatda.
Mavzuga oid
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
10:52 / 25.12.2025
Urganchda tuman sabab ayrim reyslar Buxoroga yo‘naltirildi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
17:58 / 16.12.2025