Jahon | 10:41 / 15.02.2017
7542
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar Orolbo‘yidagi muammolarni hal etishga yordam beradi

Toshkent shahrida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazi o‘rtasida “Suv, Ta'lim va Hamkorlik” besh yillik suv loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

AQSh xalqaro rivojlanish Agentligining (USAID) ushbu loyihasi Orol dengizi basseyni mamlakatlarining suv sohasidagi mutaxassislari, ilmiy ishchilari va yuqori mansabli shaxslarining ta'limi, tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan mintaqaviy dasturi hisoblanadi.

Tarmoqlararo o‘zaro harakatlarni yaxshilash va bilimlarni mustahkamlash suv resurslarini yanada yaxshi boshqarishga yordam beradi. 

Avvalroq Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha maxsus Ko‘psherikli jamg‘armani tashkil etish haqida ma'lum qilingandi. U BMT tomonidan moliyalashtiriladi hamda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Shumanay tumanlari aholisiga yordam beradi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Orolbo‘yi mintaqasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturini ham tasdiqladi. U ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid