Sport | 10:11 / 15.02.2017
15965
2 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati-2017 O‘zbekiston poytaxtida o‘tkaziladi

Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi 2017 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda o‘tkazilishini ma'lum qildi.

«Erkaklar o‘rtasidagi qit'a birinchiligi 30 aprel-7 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Bokschilar medallardan tashqari Germaniyaning Hamburg shahrida 25 avgust-4 sentabr kunlari o‘tkaziladigan jahon chempionatiga 60 ta litsenziya uchun ham bahs olib borishadi. 10 vazn toifasining (49 kg.dan 91 kg.dan ortiq) har biridan oltita eng yaxshi bokschi 2017 yilgi jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi», - deya xabar berdi respublika boks Federatsiyasi matbuot kotibi Umid Mirzaqoriyev.

2015 yilgi Osiyo birinchiligi Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘sha chempionatda 2-o‘rinni egallab, 2ta oltin, 5ta kumush va bir bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘sha musobaqada Qozog‘iston terma jamoasi g‘alaba qozongandi (5-1-1), musobaqa mezboni esa uchinchi pog‘onani band etgan (2-0-0).

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 2015 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, shuningdek, WSB butunjahon boks seriyasi va AIBA Pro Boxing  loyihasi turnirining bir necha janglari o‘tkazilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid