Jahon | 22:34 / 15.02.2017
4314
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti saylovlari noyabrda o‘tadigan bo‘ldi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘izistonning Saylov va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjon Shayldabekova bilan uchrashuvda mamlakatning yangi rahbari saylovlarining haqqoniy o‘tkazilishini ta'minlashni buyurdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi. 

Bo‘lim ma'lumotlariga ko‘ra, markaziy saylov komissiyasi avvalgi saylovlar tahlilini hisobga olgan holda, barcha yetishmovchiliklarni bartaraf etish va saylov jarayonlarini tashkillashtirish bo‘yicha ishlarni yaxshilash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda. 

Atamboyev yangi prezident saylovlarining muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Konstitutsion qonunga muvofiq, Qirg‘iziston prezidenti saylovlari 2017 yil 19 noyabrda o‘tkaziladi. 

"Saylovlarga qolgan 9 oy ichida barcha nuqsonlar va kamchiliklarni bartaraf etish va mamlakatning yangi rahbarining ochiq va halol saylovlarini ta'minlash lozim", deb aytgan Qirg‘iziston prezidenti.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid