Jahon | 13:11 / 15.02.2017
10287
2 daqiqa o‘qiladi

Mogerini: “AQSh global yetakchilikni yo‘qotib bormoqda”

Foto: AP

Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini AQShning jahon yetakchisi rolini yo‘qotib borayotganidan tashvishda. U bu hamda Vashingtonga o‘tgan haftadagi tashrifi haqida Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Men hech qachon AQShni bunday tarqoq holda ko‘rmagandim. Biroq global yetakchi bo‘lishni istagan o‘yinchi ichki jihatdan kuchli, o‘ziga ishonchi yuqori va birdam bo‘lishi kerak", - dedi u.

"Agarda dunyodagi eng yirik demokratiya shunday darajada bosimda qolganini ko‘rsatsa, bu butun dunyo uchun beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin", - deya qo‘shimcha qildi Mogerini.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa o‘rtasida kelajakda aniq va pragmatik munosabatlar bo‘ladi. "Biz munosabatlarimizdagi yangi bosqichga qarab ketmoqdamiz. O‘zaro yaqinlikdan darak beruvchi har bir mavzu yuzasidan batafsil fikr almashishimiz lozim. Ammo bu fojia emas", - deya o‘ylaydi Mogerini.

Amerika yangi hukumatining ko‘plab vakillari ushbu hafta oxirida Yevropaga rasmiy tashriflar bilan kelishni rejalashtirmoqda. Xususan, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis chorshanba kuni NATOlik hamkasblari bilan uchrashishni mo‘ljallagan.

Payshanba kuni esa Bonndagi “Katta yigirmatalik” mamlakatlari uchrashuvida davlat departamenti rahbari Reks Tillerson ishtirok etishi rejalashtirilgan. Juma kuni esa Myunxendagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha anjumanda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens qatnashadi.

Mavzuga oid