O‘zbekiston | 20:33 / 15.02.2017
20942
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga halol mahsulotlar yetkazib beradi

Rossiyada kurka yetishtirish bo‘yicha eng yirik korxona bo‘lgan "Yevrodon" kompaniyalar guruhi O‘zbekistonga halol mahsulotlar yetkazib berishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Ham sovutilgan, ham qayta ishlangan "halol" mahsuloti muzokaralar, so‘ngra esa Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda ishlovchi eksportchilar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagi haqidagi kelishuvlar predmeti bo‘ldi", deb aytdi axborot agentligi manbasi "Prodekspo-2017" ko‘rgazmasida.

Manbaning aytishicha, "Yevrodon" tarkibiga kiruvchi "Indolina" va "Utolina" kompaniyalarining yangi assortimentidan o‘rin olgan mahsulotlar yevropalik eksportchilarni ham qiziqtirib qolgan.  

Taqvoli mahsulotning ishonchliligi tegishli markirovkalash bilan tasdiqlanadi. Bundan avval esa mahsulot tegishli standartga mos kelishga sertifikatlashtiriladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid