Rossiyaning O‘zbekistonga eksport hajmi nima sababdan tushib ketdi?
15 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Kozak mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning aprel oyi boshida kutilayotgan tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha nafas bag‘ishlashini ta'kidladi.
Tadbirda qatnashgan "Kun" muxbirining ma'lum qilishicha, D.Kozak O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning asosiy savdo hamkorlaridan biri ekanligini ta'kidlagan. Xususan, O‘zbekistonning Rossiyaga paxta, meva va sabzavot mahsulotlari yetkazib berishi bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar va protokollar imzolanganligi qayd etilgan. 2016 yilda import hajmining o‘sishi buni amalda tasdiqlaydi.
"Umumiy hisobda O‘zbekistonning Rossiyaga eksporti 23,7 foizga oshib, 675 million dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga Rossiyaning O‘zbekistonga eksport hajmi 13 foizga pasaydi. Buning asosiy sababi - eksport tovarlariga qo‘yilayotgan narxlarning qisqarganida.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash esa 1,1 foizga o‘sgan", - dedi RF bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024
Ozarboyjon bilan energetika sohasida hamkorlik qilinadi
18:32 / 05.03.2024