O‘zbekiston | 23:46 / 15.02.2017
5003
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘zbek-shved biznes forumi o‘tkaziladi

Joriy yilning 22 fevral kuni Toshkentdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida Shvetsiyaning yirik kompaniyalari ishtirokida o‘zbek-shved biznes forumi va kooperatsion birjasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Business Sweden nomli Shvetsiyaning savdo va investitsion kengashi bilan hamkorlikda Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Stokgolmda) Ingrid Tersman boshchiligida shved ishbilarmonlarining O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtirilmoqda. 


Delegatsiya tarkibiga tog‘-kon sanoati, energetika va telekommunikatsiya sohalari, shuningdek, transport va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ish yuritadigan Shvetsiyaning yirik kompaniyalari vakillari kiritilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid