Sport | 19:54 / 15.02.2017
4478
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya 2024 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilmoqchi

Turkiya futbol federatsiyasi futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionatini qabul qilish uchun da'vogar.

«Ha, biz ariza topshiramiz. Bizda yaxshi imkoniyat bo‘ladi», – deya federatsiya rahbari Yildirym Demirorenning so‘zlarini keltirgan Sportschau.

Bundan oldingi xabarlarda, Yevro-2024 mezbonligi uchun Germaniya ham da'vogar ekani aytilgandi.

Qayd etish kerakki, Turkiya bungacha hech qachon bu darajadagi futbol turnirlarini qabul qilmagan. Bu mamlakat Yevro-2016 turnirini o‘zida qabul qilmoqchi bo‘lgan, ammo yakunda mezbonlik Fransiyaga tekkandi.

Turkiyaning arizasi 2 mart kuni topshirilishi kutilmoqda. Bu Turkiyaning Yevropa birinchiligi mezbonligi uchun to‘rtinchi marta harakati bo‘ladi. 

2020 yilgi Yevropa chempionati 60 yillik yubiley munosabati bilan qit'aning qator shaharlari bo‘ylab o‘tkaziladi. Yarim final va final o‘yinlariga esa Londondagi Uembli o‘yingohi mezbonlik qiladi.

Mavzuga oid