O‘zbekiston | 16:56 / 15.02.2017
6357
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi teleradio sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqchi 

14-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlikda Koreya Respublikasi teleradiouzatish va aloqa Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Jye Xong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmon telekommunikatsiyalar va teleradiouzatuv sohasining rivoji, jumladan O‘zbekistonda raqamli teleuzatish tizimini amalga tatbiq etish bo‘yicha loyihalar bilan tanishtirildi. Muloqot davomida har ikki tomonni qiziqtiruvchi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik haqida ham fikr almashildi.

Koreya Respublikasi teleradiouzatuv va aloqa qo‘mitasi davlat organi hisoblanib, teleradiouzatuv hamda telekommunikatsiyalar sohasini tartibga solishga mas'ul sanaladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid