Jahon | 14:29 / 16.02.2017
7233
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad: “Fransiya Suriyadagi qotilliklar uchun bevosita mas'ul”

Fransiya tomoni "birinchi kundan boshlab" Suriyadagi terrorchilarni qo‘llab-quvvatladi hamda mamlakatdagi qotilliklar uchun bevosita mas'uldir, deb ma'lum qildi Suriya prezidenti Bashar Asad. Bu haqda Europe 1 xabar bermoqda.

"Fransiya siyosati birinchi kunlardan boshlab Suriyada terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan, hamda u mamlakatdagi qotilliklar uchun bevosita mas'uldir", - dedi Suriya prezidenti.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, bu masalada Suriyaning diplomatik harakatlaridan ko‘ra Fransiya ichidagi siyosiy kuchlar katta o‘rin tutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid