Jahon | 00:46 / 16.02.2017
4821
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya, Litva va Ruminiya mudofaaga ajratiladigan mablag‘ni oshirishga kelishib oldilar

Latviya, Litva va Ruminiya 15 fevralda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida yaqin orada mudofaaga ajratiladigan mablag‘ni yalpi ichki mahsulotlarining 2 foizigacha oshirishlarini ma'lum qilganlar.

Uchrashuvda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis NATO bo‘yicha hamkorlarini agar AQShning alyans oldidagi majburiyatlari "kamtarroq" bo‘lishini istamasalar, mudofaa ehtiyojlari moliyalashtirilishini oshirishga chaqirgan.

"Ba'zi ittifoqdoshlar debatlarda Mettis qat'iy bayonot bilan chiqqandan keyin 2 foizlik chegaraga yaqinda chiqishlarini aytganlar. Estoniya 2 foizga erishdi, Latviya va Litva yaqin orada 2 foizlik chegaraga erishishlarini aniq bildirdilar. Ruminiya ham yaqin orada 2 foizgacha yetishini aytgan", deb aytgan Stoltenberg.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid