Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh shtabi: Al Bobni ozod qilish amaliyoti yakunlandi
Foto: AFP
Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Xulusi Akarning bayonot berishicha, Turkiya armiyasi va Suriya muxolifati kuchlari Al Bob nazoratini qo‘lga kiritgan. Bu haqda xabar bergan Sabah nashrining qayd etishicha, Akar Qatarda jurnalistlar bilan qisqa uchrashuvida shu haqda so‘z yuritgan.
"Tabriklarim, Al Bobdagi amaliyot tugadi", - deya general so‘zlarini keltiradi nashr. Uning aytishicha, qo‘shinlar jangarilar tomonidan yirik miqdordagi portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ikkita pistirmani zararsizlantirishgan. Endilikda, ular Al Bobni bomba va minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda.
Al Bob IShIDning Suriyadagi boshpanalaridan biri edi. Turkiya qurolli kuchlari va «Suriya ozodlik armiyasi» «Frot qalqoni» harbiy amaliyoti doirasida so‘nggi ikki oydagi bor kuchini ushbu shaharni ozod qilishga qaratdi. Turkiyaga ko‘ra, amaliyotning navbatdagi maqsadi Raqqani terrorchilardan ozod qilishdir. Bu shahar IShIDning Suriyadagi poytaxti hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:58 / 14.05.2026
Qozog‘iston Turkiya dronlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydoniga aylanadi
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026