Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi Taqsim maydonida masjid qurilishi boshlandi
2013 yilning iyulida haftalar davomida hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgan Istanbuldagi Taqsim maydonida yangi masjid uchun birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq Taqsim maydonidagi qurilish ishlari loyihasida savdo markazi va Usmoniylar imperiyasi davri uslubidagi harbiy kazarma ham o‘rin olgani xabar qilingandi.
2013 yilgi namoyishlar Taqsim maydonining Gezi xiyobonida daraxtlar kesilishi va savdo markazi qurilishiga qarshi norozilik aksiyasi bilan boshlangandi. Keyinchalik namoyishchilar kattaroq talablarni ilgari sura boshlashdi, ular 11 yildan buyon hukumat tepasida bo‘lgan, o‘sha vaqtdagi bosh vazir Rajab Toyib Erdo‘g‘anni avtoritar rejim o‘rnatishda ayblab, uning iste'fosini talab qilishgandi. Ularni Turkiyaning yarmi qo‘llab-quvvatlagandi. Namoyishlarni bostirish vaqtida bir necha kishi halok bo‘lgan, minglab kishilar jarohatlangandi.
Masjidga ilk g‘ishtni qo‘yish marosimida so‘zga chiqqan Istanbul meri Qodir To‘pbosh Taqsim maydonida masjid qurilishi bilan bog‘liq sud jarayonini eslab o‘tgan.
"Maydon ro‘parasida Avliyo Mariya cherkovi joylashgan, bu esa bizning shahrimizda diniy bag‘rikenglik amalda ekanini isbotlaydi", — degan u. Merning so‘zlariga ko‘ra, Taqsim maydonida masjid qurilishining asosiy sababi yaqin atrofda masjid yo‘qligidir.
Mavzuga oid
17:10 / 08.01.2026
2025 yil O‘zbekistonda 3 ta masjid va 1 ta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi
17:15 / 08.11.2025
Indoneziyadagi masjidda portlash: 55 kishi jarohatlandi. Gumondor 17 yoshli o‘quvchi
15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj
18:08 / 04.04.2025