Kremldagilar OAVga Trampni unutish tavsiya etilgani haqida xabarga munosabat bildirdi
Kremlda rossiyalik jurnalistlarga «Tramp haqida kamroq yozish va uni maqtamaslik» ko‘rsatmasi berilgani haqida tarqalgan xabarga munosabat bildirildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni «safsata» va «navbatdagi to‘qima xabar» sifatida baholagan.
«Bu butunlay safsata. Gap shunday, telekanallar va boshqa nashrlar o‘z siyosatini o‘zi mustaqil belgilaydi — bu esa navbatdagi to‘qima xabar», — degan Peskov.
Undan bir necha kun oldin OAVda Trampni yoritish kamaygani kuzatilganiga izoh so‘rashganida u buni sezmaganini va bu OAVning o‘z ishi ekanini ta'kidlagan.
16 fevral kuni Bloomberg agentligi Rossiya hukumati OAVga Tramp haqida yozishni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabar qilgandi.
Agentlikning qayd etishicha, bu rossiyalik yuqori martabali amaldorlar AQSh yangi ma'muriyati avvalgidan ko‘ra kamroq do‘stona munosabatda bo‘layotgani haqida bildirgani bilan bog‘liq edi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
20:15 / 05.05.2023