Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston janubidagi terakt qurbonlari soni 80 nafarga yetdi
16 fevral kuni Pokiston janubidagi Sind provinsiyasining Sexvan shahrida joylashgan so‘fiylar maqbarasida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 80 kishiga yetdi. Bu haqda Dawn nashri ma'lum qildi.
Bundan oldingi xabarlarda ushbu xunrezlik 74 kishini hayotdan olib ketib, yana 300dan ziyod kishi jarohatlar olishiga sabab bo‘lgani aytilgandi.
Portlash kechqurun, La'l Shahboz Qalandar maqbarasida ko‘plab taqvodorlar so‘fiylik odatlari amalga oshirilayotgan vaqtda sodir bo‘ldi. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, xudkush terrorchi odamlar ichiga granatani uloqtirishga uringan, ammo bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Shundan so‘ng u o‘z tanasidagi portlovchi qurilmani ishlatgan. Terrorchi qo‘llagan qo‘lbola bombada qariyb 8 kg dinamit bo‘lgan, shuningdek, jarohatlovchi elementlar sifatida gaykali boltlar ishlatilgan.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga ta’ziya yo‘lladi
16:46 / 24.05.2026