Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinadagi mudhish YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda
Argentina g‘arbida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi, kamida 21 nafar inson jarohat olgan. Bu haqda mahalliy Clarin portali xabar bermoqda.
Avvalroq 13 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Hodisa Mendosa viloyatidagi Chili tomonga olib boruvchi yo‘lda shanba kuni erta tongda sodir bo‘lgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, avtobus Chilining TurBus kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar orasida Argentinaning 32 nafar fuqarosi, to‘rt nafar chililik, bir kolumbiyalik va Haitining bir fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek avtobusda kamida uch nafar yosh bola ham bo‘lgani aytilmoqda.
Portalning xabar berishicha, 16 nafar inson voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch kishi kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Mahalliy hukumat hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Omon qolgan yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda, halokatga tezlikni oshirganlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:35
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026